

Bundan biroz vaqt oldin futbolchilar poytaxtdagi dastlabki mashg'ulotni yakunlashga ulgurishdi. Toshkentdagi mashg'ulotlar “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvga qadar davom ettiriladi. Bu vaqt oralig'ida bitta nazorat o'yinida maydonga tushish ham rejalashtirilgan. 13 noyabr kuni bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan o'yindagi raqib nomiga hozircha aniqlik kiritilganicha yo'q. Ayrim jamoalar bilan bu borada muzokaralarga kirishilgan. Tez orada raqib nomiga oydinlik kiritilgach, bu haqda qo'shimcha ma'lumot berib o'tamiz.
"Navbahor" matbuot xizmati
"Navbahor" matbuot xizmati



