"Navbahor": So'nggi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2016, 17:04
Toshkentda “Bunyodkor” jamoasi bilan durang natija qayd etib, muxlislarni hursand qilgan jamoamiz a'zolari bir kunlik dam olishdan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishishdi.

Andijonda bo'lib o'tadigan so'nggi uchrashuvga tayyorgarlik bugundan boshlandi. Futbolchilarimiz uch kun davomida shug'ullanishgach, “Andijon” mehmoni bo'lishadi. Andijon shahrida joylashgan “Sog'lom avlod” o'yingohidagi muhim uchrashuv 22 noyabr kuni soat 14.00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz