"Navbahor" "Everton" bilan o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 dek 2018, 12:12
Namanganning "Navbahor" klubi Angliyaning "Everton" klubi bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.

Bu haqda "lochinlar" ustozi Andrey Kanchelskis klub matbuot xizmatiga ma'lum qildi.

“Navbahor” klubining xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishi yaxshi fikr. Angliyaning “Everton” klubi bilan yaxshi munosabatdaman.

Shuningdek, Rossiya klublari, mabodo Qrimda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadigan bo'lsak,  Simferopolning “Tavriya” jamoasi bilan nazorat-sinov bahsi o'tkazishimiz ham mumkin.

Faqatgina bu yerda muammo Angliya,  Rossiya va O'zbekiston chempionatlarining o'yinlar taqvimiga bog'liq, - deydi o'z vaqtida "Manchester Yunayted"da o'ynagan Kanchelskis. 

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia