

Yig'in so'nggida futbolchilarimiz joriy mavsumlar oralig'ida yangi tashkil etilgan Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushishadi. Dastlabki rejaga ko'ra oxirgi bahs “NBU-Osiyo”ga qarshi o'tishi belgilangandi. So'nggi pallada reja o'zgarib “Navbahor”ga termizliklar raqiblik qiladigan bo'lishdi.”Surxon” bilan o'tadigan uchrashuv soat 11.00da Qibraydagi o'quv-mashg'ulot bazasi maydonida boshlanadi.
O'yindan keyin jamoa a'zolariga ikki kunlik dam olish e'lon qilinadi. "Navbahor" a'zolari 28 fevral kuni Namanganda to'planib, mavsumga tayyorgarlikning so'nggi qismiga kirishishadi.




