"Nasaf": Yoshlarga imkoniyat taqdim etilmoqda

Narzulla Saydullayev
2 noya 2015, 07:49
Kuni kecha "Nasaf" Oliy liga doirasidagi 28-tur uchrashuvini Samarqandda “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev “Dinamo”ga qarshi bahsda “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Aziz G'anievni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

1998 yilda tug'ilgan yosh istedodli futbolchimiz ilk bor oliy liga doirasidagi bahsda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Aziz G'aniev shu kuni maydon markazida jamoamiz yetakchisi Erkin Boydullaev yo'qligini bilintirmaslikka harakat qildi. Ushbu iqtidorli futbolchi bu o'yinda o'zini yo'qotib qo'ymadi va ancha dadil o'ynadi. Mashg'ulotlarda o'z akalaridan kerakli jihatlarni o'zlashtirayotgan Aziz G'aniev buni amalda isbotlay oldi. Jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning yoshlarga imkoniyat berish, ularga yo'l ochish siyosatini ancha samarali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Dinamo” bilan bo'lgan bahsda shuningdek yana bir qator akademiyamiz tarbiyalanuvchilari - Doniyor Narzullaev, Sharof Muhiddinov kabi istedodli yoshlar ham zaxiradan maydonga tushishdi.

Ajab emas kelajakda Aziz G'aniev Ro'ziqul Berdievdek maydon markazida haqiqiy yetakchi bo'lib yetishsa. Aziz G'aniev harakat qilgan nuqtada o'z vaqtida jamoamizning hozirgi ustozi Ro'ziqul Berdiev harakat qilgani ko'pchilikda yodida. Eng qizig'i, Aziz G'aniev ham Ro'ziqul Berdiev singari 6-raqam ostida o'ynamoqda. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz