Nasaf - Paxtakor uchrashuvi chiptalari bugundan sotuvga chiqariladi

Narzulla Saydullayev
28 may 2014, 10:32
Futbol ishqibozlarini xabari bor, 1 iyun yakshanba kuni Qarshi shahridagi Markaziy stadionda mamlakatimiz milliy chempionatining 10-turining markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Shu kuni Nasaf jamoasi o'z maydonida joriy mavsumning turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Toshkentning Paxtakor jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv kech soat 19:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori bo'lganligini hisobga olib, Nasaf PFK mamuriyati uchrashuv chiptalarini har qachongidan avvalroq sotuvga chiqarmoqda. Muxlislar bugundan boshlab, soat 14:00dan uchrashuv chiptalarini stadion kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar joylarga qarab 3000 so'mdan 15000 so'mgacha qilib belgilangan.

Sizga ma'lumki, Markaziyda 19 kuni bo'lib o'tgan Bunyodkor jamoasiga qarshi uchrashuvda stadionga salkam 16000 muxlis tashrif buyurgan edi. Navbatdagi uchrashuv o'tgan uchrashuvga nisbatan shubhasiz qiziqarli bo'ladi.

Hurmatli muxlislar! Chiptalarni o'z vaqtida xarid qilishga shoshiling va yakshanba kuni chiroyli uchrashuvni tomosha qilib, maroqli dam oling!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz