

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari yig'in davomida asosiy e'tiborni nazorat uchrashuvlariga qaratishadi. O'quv-mashg'ulotlar yig'ini doirasida oltita nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Hozircha ulardan beshta raqibning nomlari ma'lum. Oltinchi jamoa bilan esa muzokara olib borilmoqda. "Nasaf"ning raqiblari Ukraina, Makedoniya, Qirg'iziston va Belarus davlatlari jamoalari bo'ladi.
Nasaf futbolchilarining Antaliyadagi nazorat uchrashuvlari jadvali:
7 fevral – “Kolos” (Ukraina)
10 fevral – “Vorskla” (Ukraina)
11 fevral – “Bregalnica ” (Makedoniya)
14 fevral – “Dordoy” (Qirg'iziston)
17 fevral – “Torpedo Belaz” (Belorussiya)



