

Bugun soat 19:00 da Igor Shkvirin jamoasi “Markaziy” stadionda o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishadi.
Jamoaning ikki nafar a'zosi diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmasligi haqida xabar bergandik. E'tiborli tomoni, ayni paytda Shkvirin jamoasi safida to'p tepayotgan ikki nafar futbolchi ertaga sobiq jamoasi – “Nasaf”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Bekobodlik hujumchi Kamoliddin Murzoev (2009-2010) va buxorolik Shavkat Salomov (2010) aynan “Nasaf”da Viktor Kumikov va Anatoliy Demyanenko murabbiyligi paytda to'p tepishgan. 2009 yilgi mavsumda Olmaliqda kechgan bahsda (“Olmaliq” – “Nasaf” 0:2) Kamoliddin Murzoev “Nasaf” tarkibida “Olmaliq” darvozasiga gol ham urishga erishgan.




