“Nasaf” mashg'ulotlarni 12 fevraldan davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017, 07:39
Saudiya Arabistonida Osiyo chempionlar ligasi saralash uchrashuvini o'tkazgan “Nasaf” Qarshi shahriga qaytib keldi.

Jamoa futbolchilari yangi mavsum tayyorgarliklarini 12 fevral yakshanba kunidan Qarshida davom ettiradi. “Nasaf” endi bor e'tiborini milliy chempionat va kubok bahslariga qaratadi.

“Nasaf” bu yilgi milliy chempionatni safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Uchrashuv 4 mart shanba kuniga belgilangan. 9 mart kuni esa chempionatning 2-tur doirasidagi uchrashuvni o'z maydonida “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz