"Nasaf" 6 yildan so'ng "Navbahor"dan ustun keldi

Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2023
Bir necha soat oldin Superliganing qoldirilgan 22-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi yakuniga etdi.

Murosasiz kechgan o'yinda "ajdarlar" 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Shu tariqa "Nasaf" 6 yildan so'ng "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchratdi. Jamoa so'nggi bor 2017 yil Qarshida "lochinlar"ni enggandi (4:0). 

Superliga-2017. 15-tur

"Nasaf" - "Navbahor" 4:0

Gollar: Dragan Cheran 23, 81, Shahboz Erkinov 83, Akmal Shorahmedov 87

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 10 yildan so'ng Namanganda 3 ochko qo'lga kiritdi. "Nasaf" mehmondagi oxirgi g'alabasini 2013 yilgi mavsumda nishonlagandi. 

Superliga-2013. 4-tur

"Navbahor" - "Nasaf" 1:2

Gollar: Ro'zimboy Ahmedov 90 - Shohruh Gadoev 41, Ilhom Shomurodov 79



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia