“Napoli” o'z safiga 22 yoshli futbolchini qo'shib oldi

12 yanv 2018, 00:24
“Napoli” klubi rasmiy saytining xabar berishicha, jamoa o'z safiga fransiyalik yarim himoyachi Zinedin Mashashni qo'shib oldi.

Kelishuv 2022 yilgacha amalda bo'ladi.

22 yoshli futbolchi erkin agent sifatida neapolitanliklar safiga kelib qo'shildi. U o'tgan yil oxirida “Tuluza” bilan shartnomasini bekor qilgan. “Tuluza” klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Mashash joriy mavsumda Fransiya chempionatida to'rtta uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol urishga erishgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: "Наполи" клуби расмий сайти