"Napoli" futbolchisi "Real" o'tmaydi

Alisher
27 iyun 2019, 12:03
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis klubda qoladigan bo'ldi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar qildi. "Real" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishni xohlayotgan edi. Transfer yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatidan so'ng yakunlanishi kerak edi, ammo bitim tuzilmay qoldi.

23 yoshli futbolchi "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ijara asosida "Elche"da ham to'p surgan. 2018 yildan esa "Napoli" sharafini himoya qilmoqda.

Tayanch yarim himoyachisi klubida 8-raqam ostida to'p tepadi.

O'yinchi yakunlangan mavsum 46ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com