"Napoli" Fabian Ruisning sotuvidan 50 million evro ishlab olmoqchi

Alisher
31 may 2021, 10:11
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini boshqa klubda davom etirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun PSJ, "Real" va "Barselona" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Neapolliklar o'yinchi uchun 50 million evrodan kam ishlab olishmoqchi emas.

25 yoshli o'yinchi "Napoli" tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi. O'yinchining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira