"Napoli" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
27 may 2021, 00:15
Luchano Spalletti "Napoli" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 62 yoshli mutaxassis ayni damda ushbu post uchun da'vogarlik qilmoqda. U bunga qadar "Inter", "Roma" va "Zenit" kabi jamoalarda ham ishlagan.

Ikki kun oldin "Napoli" Jennaro Gattuzoning iste'fosini e'lon qildi. Yakunlangan mavsumda "Napoli" A Seriyaning 5-jamoasi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio