"Napoli" Balotelli uchun 10 mln funt bermoqchi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2014, 09:16
"Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli yanvar oyidayoq Italiyaga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Express nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, "Napoli" klubi mavsumni omadsiz tarzda boshlagan hujumchi uchun 10 mln funt taklif qilmoqchi.

"Liverpul" avgust oyi so'nggida Balotellini "Milan"dan 20 mln evro evaziga sotib olgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru