"Napoli" Anchelottini iste'foga chiqarishga yaqin

Alisher
5 dek 2019, 18:20
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi hafta lavozimidan ozod etilishi mumkin.

60 yoshli mutaxassisning klubdagi holati yaxshi emas, chunki "Napoli"dagi mojarolar tobora kuchaytib bormoqda. Sababi neapolliklar so'nggi 8ta o'yindan beri g'alaba qozona olishmayapti.

Agar "Napoli" A Seriya doirasida "Udineze"ni mag'lub eta olmasa va YCHLda "Genk" bilan o'yinda ijoyib natijaga erisha olmasa, Anchelotti iste'foga chiqariladi.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" A Seriyadagi 14 turdan so'ng 20 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport