Nani Manchester Yunayted bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 22:04
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Nani klub bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Yangi shartnomaga ko'ra portugaliyalik futbolchi MYUda 2018 yilga qadar to'p tepadi.

26 yoshida Nani katta tajriba va qobiliyatga ega. Uning mashg'ulotlarda ko'rsatayotgan harkatlari qoyil qolarli, – deydi klub bosh murabbiyi Devid Moyes.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Nani Yuventus, Monako va Zenit kabi klublarga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru