Nabil Jaadi: "O'zbekistonga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilardik"

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 11:35
O'zbekiston – Marokash uchrashuvidan so'ng Marokash o'smirlar terma jamoasi sardori Nabil Jaadi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilgan edik. Chunki O'zbekiston Panama ustidan shunchaki kuchli bo'lganligi uchun emas, o'yini ham chiqqanligi bois g'alaba qozongan edi. Aynan o'zbeklar bilan birinchi o'rin uchun kurashadigan bo'ldik. Xatoni o'zimizdan qidirishimiz kerak, chunki birinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Ulardan golga tortadiganlari ko'p bo'ldi. Ko'rinib turibdi, O'zbekiston terma jamoasi bizni yaxshi o'rgangan. Qolaversa ular biz uchun yangi raqib va Osiyo chempionlari. Ikkinchi bo'limda esa o'yin teng bo'ldi, tabiiyki teng o'yinda hisob ham teng bo'ladi", - deydi Marokash o'smirlar terma jamoasi sardori Nabil Jaadi championat.asia saytiga bergan intervyusida.


Xayrulla Xoliqov
Fujayra

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia