MYUning sobiq sardori jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi

Alisher
16 avg 2023
Manchester Yunayted himoyachisi Harri Maguayr yangi mavsumda ham klubda qoladigan bo'ldi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, Maguayrning Vest Hemga transferi amalga oshmaydigan bo'ldi. Qayd etilishicha, Harri Vest Hemni hurmat qiladi, ammo London klubi bilan kelishuv bo'yicha muzokara o'tkazmagan. Angliyalik himoyachi MYUda unga yana imkoniyat berilishiga ishonmoqda.

Avvalroq, Maguayr 30 million funt evaziga Vest Hemga o'tishga yaqin ekani xabar qilingandi. Erik ten Hag ham himoyachi bilan xayrlashishga tayyorligini aytgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com