Myuller nimadan norozi?

9 iyun 2016, 23:30
Germaniya terma jamoasi yetakchisi Tomas Myullerga Yevropa chempionatida guruhdan uchta jamoa keyingi bosqichga yo'l olishi yoqmayapti.

 
"Jahon chempioni bo'lishdan ko'ra Yevropa chempionatida zafar quchish osonroq, degan fikrga qo'shilmayman. Jahon chempionatida ham yevropaning eng yaxshi jamoalari ishtirok etishgandi. Shuningdek, Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Osiyoning eng kuchli terma jamoalari ham Jahon chempionatida qatnashishadi. Jahon chempioni bo'lish qiyin. Yevropa chempionati sifati biroz pastroq. Guruhdan uch jamoa keyingi bosqichga chiqishi ham bunga o'z ta’sirini o'tkazadi. Bunday holat meni xursand qilmadi. Ha, muxlislar uchun o'yinlar soni ko'paygandir. Agarda men ham muxlis sifatida qaraganimda bundan xursand bo'lardim. Lekin bu narsa turnir imijiga putur etkazishi mumkin", - deydi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild