Myuller: “Chempionatni mag'lubiyatsiz bosib o'tmoqchimiz”

12 noya 2013, 16:19
“Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller, jamoaning ushbu mavsumdagi maqsadlaridan biri, Bundesliganing 34 ta o'yinini mag'lubiyatsiz bosib o'tishdan iborat ekanligini ta'kidlab o'tdi.

“Chempionatni mag'lubiyatsiz bosib o'tmoqchimiz. Bu esa oldimizda turgan o'yinlarning barida g'alaba qozonishga o'zgacha kuch beradi. Shunday natijaga Angliyaning “Arsenal” klubi erishgan edi. Biz ham o'tgan yili shu natijani qayd etmoqchi edik, biroq Bayer” bunga yo'l qo'ymadi. Bu safar maqsadga erishish uchun tish-tirnog'imiz bilan harakat qilamiz”.


Manba: soccer.ru