MYUdagilar uchinchi darvozabon De Xeadan kuchliroq bo'lib ketadi deb hisoblashmoqda

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017, 21:04
"Manchester Yunayted"dagilar darvozabon David De Xeaning "Real"ga o'tib ketishi mumkinligidan havotir olishmayapti.

Xabar qilinishicha, ingliz klubidagilardan ko'pchiligi hozirgi uchinchi darvozabon Joel Pereyra kelajakda ispaniyalik kipyerdan kuchliroq bo'lib ketishiga ishonishmoqda.

De Xea ketgan taqdirda Portugaliya yoshlar terma jamoasining 21 yoshli darvozaboni Serxio Romerodan keyingi ikkinchi kiperga aylanadi.

Pereyra - Shveytsariyaning "Ksamaks" klubi tarbiyalanuvchisi. 2012 yilda MYU akademiyasiga kelgan. o'tgan mavsum esa APLda birinchi o'yinini o'tkazdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Independent