MYU Xolandni sotib olishga tayyor

3 apr 2020, 07:45
Manchester klubi Erling bilan bog'liq vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.

“ESPN” xabariga ko'ra, MYU agar mavsum so'ngida Erling Xoland “Borussiya”ni tark etishni xohlasa, uni bajonidil sotib oladi.

Xolandga ayni damda “Real” ham da'vogar bo'lib turibdi.

Erling qishki transferlar vaqtida Dortmund klubiga 20 mln evro evaziga “Zalcburg”dan o'tgandi. Xoland “Borussiya” safida 11 ta o'yinda 12 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi. Futbolchining ayni damdagi transferi esa 80 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN