

Angliya klubi o'z darvozabonini Madridga ketishiga qarshi emas.
Oldinroq agar De Xea MYUni tark etsa jamoa Manchester Sitidan Jo Xartni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.
De Xea 2015 yil Realga o'tishga yaqin bo'lgandi, ammo texnik muammolar tufayli transfer amalga oshmay qolgandi. Keyinroq ispaniyalik futbolchi MYU bilan shartnomasini 2019 yilga qadar uzaytirdi.




