MYU qishda Manjukichni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 okt 2019, 15:31
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" klubi "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukichni xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher hujum chizig'idagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida yanvar oyida xorvatiyalik futbolchini xarid qilishni xohlamoqda.

Shuningdek, italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, nomi ma'lum qilinmagan Xitoy klubi ham Manjukichga yillik 9 million evro maosh taklif qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato