MYU - "Liverpul" o'yini o'z vaqtida boshlanmaydi (BBC Sport)
2 may 2021, 20:14
APL 34-turining markaziy o'yini Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ammo, MYU - "Liverpul" uchrashuvining starti biroz kechikishi mumkin. Bu haqda BBC Sport jurnalisti xabar tarqatdi. Bunga "Old Trafford"dagi tartibsizliklar sabab bo'lgan. Hozircha uchrashuvning boshlanish vaqti ma'lum emas.