MYU Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Ronaldu Messi bilan jamoadoshga aylanadi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2022, 20:02
PSJ klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, hammasi mankunianliklarning joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo'l olishiga bog'liq bo'ladi. Ayni damda Ralf Rangnik shogirdlari turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. 4-o'rin bilan farq bir ochkoni tashkil etadi. Shu bilan birga, "Yunayted" ushbu pog'onadan joy egallab turgan "Arsenal"dan 3 ta ko'proq o'yin o'tkazgan.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'tgan yozda 12,8 million funt evaziga "Yuventus"dan "qizil iblislar" safiga qo'shilgan edi. 

Transfermarkt portali hujumchini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Transfers