MYU afsonasi Erik ten Hagni maqtadi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 10:31
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Barselona"ga qarshi bahsdagi (2:1) muvaffaqiyatidan so'ng his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Hammaning tilida kvadrupl (bir mavsumda 4 ta sovrin yutish – tahr.) haqida gap boryapti, men bu mavsumda yarim kubokdan qo'limni tortgan bo'lardim. Nihoyat, bizda "Manchester Yunayted"ni tezkor va tajovuzkor, to'pga ega bo'lishga e'tibor qaratmaydigan, "avtobus" qo'ymaydigan jamoaga aylantirgan murabbiy bor!

Yodingizda bo'lsin, hali hech narsaga erishilmadi... kecha mening ikki sevimli o'yinchim gollar urgani juda yoqimli bo'ldi", – dedi Skoulz.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" to'rtta musobaqada ishtirokini davom ettirayotgan yagona Yevropa jamoasi bo'lib qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News