Mxitaryan: "Ayni vaqtda bundesliga - eng kuchli chempionat"

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 21:50
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan nima uchun ushbu klubga o'tishga qaror qilgani haqida gapiriayotib, bundesliga hozirgi vaqtda eng kuchli chempionat ekanini ta'kidladi.
"Chempionlar Ligasi finalida ikki nemis klubi - "Bavariya" va "Borussiya" ro'baro' kelganining o'zi ham Germaniya chempionatining hozirgi vaqtda eng yuqori darajada ekanini bildiradi. Shuni tushungan holda, men bundesligani tanladim. Juda ko'pchilik hali ham Angliya chempilnati eng kuchli ekaniga ishonishsa ham".

"Men "Borussiya" bilan ko'plab sovrinlar yutmoqchiman. Xa, olimpiadaning asosiy shiori: "Asosiysi g'alaba emas, ishtirok". Biroq bu shiorning menga ham, "Borussiya"ga ham mutlaqo aloqasi yo'q", deya uning so'zlaridan Kicker nashri iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru