Muxlislarni Andijon viloyati chempionati final uchrashuviga chorlaymiz

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017, 11:37
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston birinchiligi ikkinchi tabaqa jamoalari o'rtasida Andijon viloyati chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Joriy mavsum chempionatda munosib ishtirok etgan “UzDongYAngko” (Andijon) va “Shahrixon-1926” (Shahrixon) jamoalari eng ko'p ochko jamg'arib, yakunda final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.  

Endi ushbu jamoalar 16 noyabr, payshanba kuni final bahsida to'qnash keladi. Mazkur uchrashuv Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 13:00da boshlanadi. Qiziqarli va murosasiz ruh ostida o'tishi kutilayotgan final uchrashuviga barcha ishqibozlarni taklif etib qolamiz. Stadionga kirish bepul!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia