Hozir fikrlarim, shunday tarqoqki, ertaga saytga nima deb xat yozganimni eslolmasam ham kerak. Gapni esa nimadan boshlashga ham qiynalyapman. Xabaringiz bor, futbolimizga oid fikrlarim jamlanmasini maqola ko'rinishida "Championat.asia"da yuzaga chiqarmoqchi ekanimni bayon etgandim. Bu xohish juda ham ko'p bo'lgan. Afsuski, bunga imkoniyatim hozircha mavjud emas. Bu ishimni sevimli saytim "Championat.asia"ga bo'lgan hurmatim va uzoq muddatli o'quvchiligim haqqiga boshqa saytda amalga oshirishga jurat qilolmayapman.
Nodirxo'ja, sizdan bir shoshilinch iltimos. Balki men yozmoqchi bo'lgan fikrlarni, siz ham o'ylab turgandirsiz. Qisqasi, Iordaniya O'zbekiston bahsi, yani birinchi o'yindagi mezbon muxlislar xatti-harakatlari to'g'risida rahbarlarimizning FIFAga murojaatnoma yozishga undovchi maqola chiqarsangiz. Iordaniya hisobida avvalgi jazo (jarima) va shunday hol takrorlangan taqdirda jiddiyroq jazo, jumladan, musobaqadan chetlatilish chorasi ilovada ko'rsatilgani mavjud. Balki biz (O'FF)ning birgina arznomasi ish berib qolar. Balki ikki oyda futbolchilarimizning holati bundan yuqoriroq bo'lar va Janubiy Amerika vakilini ham mag'lub eta olarmiz. Balki bugungi o'yin bilan biz JCHga loyiq emasmiz deb xunob bo'layotgandirsiz. Ammo qaysi yo'l bilan bo'lsa ham JCHga chiqishimiz kerak-ku. Axir qancha g'azablanmang, baribir mundialga borishni ich-ichingizdan xohlayapsiz-ku. Birinchisiga shunday bo'lsa nima qilibdi. Mana Eron, FIFAga arzimagan masalalarda arz qilib maqsadiga erishdi. Bizning rahbarlarda bunday chiqish bo'lmasa, FIFA tomonidan "demak o'zlari ham JCHga borishni xohlashmayapti-ku" degan tushuncha paydo bo'lishi mumkin. Agar arznoma yozilsa ish berib qolishi mumkin. Kimningdir chorlovi va talabisiz, bizning rahbarlar bunday ishga qo'l urishi amrimahol. Agar sizning maqolangiz turtki bo'lib, biz oxir-oqibat JCHga chiqsak, bunda sizning hissangiz qanchalik ulkan bo'lishini, men hozir tasavvur qilyapman. Ha nima, rostdan ham, Iordaniyada, bizning futbolchilarimizga nisbatan, taqiqlangan harakatlar qilinmadimi?
Cheksiz hurmat bilan, Moskvadan Doniyor.
Hurmatli, Doniyor! Siz ko'p marotaba saytimizga murojaat qilganingiz uchun bugun fikringizni hurmat qilgan holda etirozingizni saytga qo'yamiz. Lekin mening shaxsiy fikrim, bu ishni kechagi o'yinga qadar qilish mumkin edi, xolos. Agar bugun shu ishni qilsak, bu Osiyo futbolida tutgan o'rnimiz va hurmatimizni yo'qotish bilan teng bo'ladi. Chunki boshqa terma jamoalar bizni mag'lubiyatimizni kutmagan edilar va bu ishni qilsak "erkak"ning ishi bo'lmagan bo'ladi. Chunki natija maydonda 90 daqiqa davomida hal qilinishi kerak edi. Bu esa bizning qo'limizdan kelmadi. Shuning uchun hamma narsadan kerakli xulosa chiqarishimiz va avval Osiyo Kubogi-2015 haqida o'ylashimiz kerak!