Muxlis etirozi va "Championat.asia"ning javobi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013, 18:02
Assalomu alaykum sevimli "Championat.asia" va hurmatli Nodirxo'ja. Men yana Moskvadan Doniyor.
Hozir  fikrlarim,  shunday  tarqoqki,  ertaga  saytga  nima  deb  xat  yozganimni  eslolmasam  ham  kerak.  Gapni  esa  nimadan  boshlashga  ham  qiynalyapman.  Xabaringiz  bor,  futbolimizga oid fikrlarim  jamlanmasini  maqola  ko'rinishida  "Championat.asia"da  yuzaga  chiqarmoqchi  ekanimni  bayon  etgandim.  Bu  xohish  juda  ham  ko'p  bo'lgan.  Afsuski,  bunga imkoniyatim hozircha  mavjud  emas.  Bu  ishimni  sevimli  saytim  "Championat.asia"ga  bo'lgan  hurmatim  va  uzoq  muddatli  o'quvchiligim  haqqiga  boshqa  saytda  amalga  oshirishga  jurat  qilolmayapman.  

Nodirxo'ja,  sizdan  bir  shoshilinch  iltimos.  Balki  men  yozmoqchi  bo'lgan  fikrlarni,  siz  ham  o'ylab  turgandirsiz.  Qisqasi,  Iordaniya  O'zbekiston bahsi,  yani  birinchi  o'yindagi  mezbon  muxlislar  xatti-harakatlari  to'g'risida  rahbarlarimizning  FIFAga  murojaatnoma  yozishga  undovchi  maqola  chiqarsangiz.  Iordaniya  hisobida  avvalgi  jazo (jarima) va  shunday  hol  takrorlangan  taqdirda  jiddiyroq  jazo, jumladan,  musobaqadan  chetlatilish  chorasi  ilovada  ko'rsatilgani  mavjud.  Balki  biz (O'FF)ning  birgina  arznomasi  ish  berib  qolar. Balki ikki  oyda  futbolchilarimizning  holati  bundan yuqoriroq  bo'lar  va  Janubiy  Amerika  vakilini  ham  mag'lub  eta  olarmiz. Balki  bugungi  o'yin  bilan  biz  JCHga  loyiq  emasmiz  deb  xunob bo'layotgandirsiz.  Ammo qaysi  yo'l  bilan  bo'lsa  ham  JCHga  chiqishimiz  kerak-ku.  Axir  qancha  g'azablanmang,  baribir  mundialga  borishni  ich-ichingizdan  xohlayapsiz-ku.  Birinchisiga  shunday  bo'lsa  nima  qilibdi.  Mana  Eron,  FIFAga  arzimagan  masalalarda  arz  qilib  maqsadiga  erishdi.  Bizning  rahbarlarda bunday  chiqish  bo'lmasa,  FIFA  tomonidan  "demak  o'zlari  ham  JCHga  borishni xohlashmayapti-ku" degan tushuncha  paydo  bo'lishi  mumkin.  Agar  arznoma  yozilsa  ish  berib  qolishi  mumkin.  Kimningdir chorlovi va talabisiz, bizning rahbarlar bunday  ishga  qo'l  urishi  amrimahol.  Agar  sizning  maqolangiz  turtki  bo'lib, biz  oxir-oqibat  JCHga  chiqsak,  bunda  sizning  hissangiz  qanchalik  ulkan  bo'lishini,  men  hozir  tasavvur  qilyapman.  Ha  nima,  rostdan  ham,  Iordaniyada,  bizning futbolchilarimizga  nisbatan, taqiqlangan  harakatlar  qilinmadimi?

Cheksiz  hurmat  bilan,  Moskvadan  Doniyor.
 
Hurmatli, Doniyor! Siz ko'p marotaba saytimizga murojaat qilganingiz uchun bugun  fikringizni hurmat qilgan holda etirozingizni saytga qo'yamiz. Lekin mening shaxsiy fikrim, bu ishni kechagi o'yinga qadar qilish mumkin edi, xolos. Agar bugun shu ishni qilsak, bu Osiyo futbolida tutgan o'rnimiz va hurmatimizni yo'qotish bilan teng bo'ladi. Chunki boshqa terma jamoalar bizni mag'lubiyatimizni kutmagan edilar va bu ishni qilsak "erkak"ning ishi bo'lmagan bo'ladi. Chunki natija maydonda 90 daqiqa davomida hal qilinishi kerak edi. Bu esa bizning qo'limizdan kelmadi. Shuning uchun hamma narsadan kerakli xulosa chiqarishimiz va avval Osiyo Kubogi-2015 haqida o'ylashimiz kerak!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia