Murod Ismoilov: "Metallurg" haqli g'alabaga erishdi"

Narzulla Saydullayev
30 apr 2016, 19:42
"Metallurg" - "Qo'qon-1912" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

"Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun raqibimiz haqli ravishda 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Hisobni ochib tashabbusga erishayotgandik, biroq bizga yetishmayotgan barqarorlik pand berib qo'ydi. Shu bois tezda javob to'pini qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limdagi ketma-ket ikkita gol rejalarimizni buzib yubordi. Otaqo'ziev va Alimovni maydonga tushirdim, afsuski ular o'yinga yaxshi qo'shilib keta olishmadi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ruhiy tomonlama yigitlarga dalda bo'lish lozim", - deydi Murod Ismoilov. 

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia