Mourinyuning ishidan so'ng Sanches ketishga qaror qildi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 14:36
27 noyabr kuni "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Yang Boyz"ni qabul qildi.

Bahs 1:0 hisobida "qizil iblislar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

Ingliz jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches ushbu uchrashuvdan so'ng klubni tark etishga qaror qildi. Sanches Joze Mourinyu uni uchrashuv qaydnomasiga kiritmaganidan qattiq xafa bo'ldi va o'ziga yangi jamoa izlashni boshladi.

Oldinroq, Aleksis Sanchesga "Bavariya", "Yuventus", "Real" va PSJ qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mirror