

"Fenerbaxche" sobiq prezidenti Aziz Yildirim navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo'yishini ma'lum qildi.
Yildirim portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu bilan ikki soat suhbatlashganini taqidladi: “O'tgan hafta shaxsan Mourinyu bilan uchrashdim. Ikki soatlik suhbatimiz yakunida men unga: Fenerbaxche senga, sen esa Fenerbaxchega kerak deb aytdim”.
Shuningdek, u prezidentlik saylovlarida kim g'alaba qozonishidan qati nazar, Mourinyuni Fenerbahchega kelishga undaganini qo'shimcha qildi.



