Mourinyu "Roma" va "Manchester Siti"ning harajatlarini solishtirdi

Mirjalol Normatov
21 may 2023, 12:12
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'z klubining "Manchester Siti" oldidagi moliyaviy imkoniyatlarini baholadi.

"Futbolchilarning jarohat olishidan zaxirasida 40-70 mlnlik futbolchilari bor jamoa aziyat chekmaydi. YCHL yarim finali javob o'yinida "Manchester Siti"ning zaxirasidan tushgan futbolchilarni qarang: Xulian Alvares, Fil Foden va Riyad Marez.

Agarda bizda 4-5 futbolchi safdan chiqsa, muammolar boshlanadi. Bu tabiiy. "Roma"da jarohatlangan futbolchilar bor va tekinga olib kelingan futbolchilar ularning o'rnini egalladi.

Biz 7 mln evro ishlatib, Yevropa ligasi finaliga chiqdik. Menimcha bu ajoyib natija", - dedi Mourinyu.

"Roma" Yevropa ligasi finalida 31 may kuni "Sevilya"ga qarshi o'ynaydi. O'tgan mavsumda rimliklar Mourinyu qo'l ostida Konferenciyalar ligasi g'olibi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal