Mourinyu "Oltin to'p" uchun asosiy 5 da'vogar nomini aytdi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2019, 15:46
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu 2019 futbol yili yakunlariga ko'ra kimlar "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar ekanligini aytdi.

"Ayni damda men Virjil van Deyk, Muhammad Saloh, Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messilarni ajratib ko'rsatgan bo'lardim.

Ammo Millatlar ligasi, Afrika millatlar Kubogi va Amerika Kubogi turnirlari ham muhim rolni o'ynashi mumkin. Portugaliyalik va argentinalik faqat milliy chempionatlarda g'olib bo'lishdi, "Liverpul" esa Premer-ligada zafar qucha olmay, Chempionlar ligasida g'alaba qozondi" - deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT на русском