Mourinyo va uning jamoasi Tailandda kutib olindi

Nadirkhuja Yuldashev
13 iyul 2013, 15:22
Joze Mourinyo va uning jamoasi juma kuni ertalab Tailandda ajoyib kutib olindi.


Bir qator tadbirlarda ishtirok etayotgan aristokratlar murabbiyi, OAV hodimlariga ham vaqt ajratdi.

Murabbiy va uning futbolchilari tungi parvozdan keyin darrov Bangkokdagi mexmonxonaga jo'nashdi. Joze Mourinyo, Jon Terri va Frenk Lempardlar esa Tailand qiroli bilan uchrashishadi, jamoaning qolgan a'zolari kechqurungi mashg'ulotgacha dam olishadi.

Tailand haqida portugal shunday deydi:
- "Chelsi"ni Tailandda juda ham yoqtirishlari biz uchun qo'shimcha kuch beradi. Muxlislarimiz dunyoning istalgan erida topiladi va bu bizga qo'shimcha kuch beradi. Bu erga olis masofadan uchib keldik, biroz charchaganmiz. Tailand borasida bir gapni aytishim mumkin, fantastika. Muxlislarimiz bizdan nima kutayogan bo'lsalar, barchasini bera olamiz deb o'ylayman. Biz keyingi haftadan boshlab jamoani asl kuchini to'liq namoyish etish yo'lida ishlashni boshlaymiz.

Shuningdek, Mourinyo yangi kelgan uchta futbolchi, Andre Shyurrle, Marko van Ginkel va Mark Shvarcerlarning haridi xaqida gapirib o'tar ekan, ularni jamoaga katta yordam tegishiga ishonchi komil ekanligini takidladi va quyidagilarni aytib o'tdi:

Andreni jamoada hamma yaxshi biladi. U bilan men kelishimdan avval ham qiziqib kelishayotgan . Men kelganimdan keyin bu yanada tezlashib ketdi. Bu futbolchi menga juda yoqdi, u bizning hujum chizig'imizga ko'p narsa olib kira oladi. Unda zamonaviy futbolda talab qilinadigan hamma xislatlar bor. Tezkor, aniq zarba va eng muhimi old chiziqning barcha nuqtalarida birdek o'ynay oladi.

Marko hozir Yevropadagi eng kelajagi porloq o'yinchilardan biridir.  U kelajagini "Chelsi" bilan ko'rib to'g'ri qaror qabul qildi. Kelajagni niyat qilib tuziladigan jamoa uchun Markodaka o'yinchilar as qotadi.

Men har doim dunyodagi eng kuchli darvazobon (Petr Chex) bizning jamoada deb o'ylayman, lekin unga doimo o'yinga qiziqtirib turish uchun raqobatchi kerak. Bu borada Shvarcer biz uchun eng maqul nomzod edi. APL uning ikkinchi uyi. Uni bepul safimizga qo'shib olish esa ayni muddao bo'ldi.


Javlonbek Yusupov tarjimasi

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: chelsea-fc.ru