Mourinyo “Real”ga qaytishga qiziqmoqda

6 dek 2018, 21:01
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo “Real”ga qaytishi mumkin.

Bu haqda Evening Standard xabar bermoqda.

55 yoshli portugaliyalikning fikricha, “Real” prezidenti Florentino Peres ham Mourinyo bilan yana hamkorliq qilishga qiziqmoqda.

Mourinyo 2010-2013 yillarda qirollik klubini boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionligi va uch marta mamlakat kubogi hamda Superkubogini qo'lga kiritgan.

Noyabr oyida Santyago Solari “Real” bosh murabbiy etib tayinlanib, klub mutaxassis bilan 2021 yilga qadar shartnoma tuzgan.

Jozening “qizil iblislar” bilan kelishuvi yana bir yarim yil amalda bo'ladi. Angliya OAVlari xabarlariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis bilan ingliz klubi rahbarlari shartnomani bekor qilmoqchi bo'lishsa, Mourinyo ular bilan ziddiyatga bormoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Evening Standard