

"Ertaga bu maydonda o'ynashimizga ishongim kelmayapti. Buni maydon deb ham bo'lmaydi. Ertaga kim bilan va qanday o'ynashimizni bilmayman. Mxitaryan maydonga tushadi deb aniq ayta olmayman. Biz yaxshiroq sharoitlarda to'p tepamiz deb o'ylagan edim. Xitoyda ham shunday vaziyat bo'lgan va biz uchrashuvdan bosh tortganmiz. Ammo ertaga maydonga chiqishga majburmiz" - deydi Mourinyo.
Oldinroq tomonlar "Olimp-2" chimini yomon ahvolga keltirmaslik uchun, maydonda o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazmaslikka kelishib olishgan edi.



