Mourinyo: "Marsyal qaytadimi? Bilmayman"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo fransiyalik hujumchi Antoni Marsyal jamoaga qaytish yoki qaytmasligidan bexabar ekanligini aytdi.

Fransiyalik futbolchi farzandi tug'ilayotgani bois AQSHdagi yig'inni tark etgan edi.

"Antoni Marsyal? Bunday savollarni matbuot-kotibimizga berganingiz maqul. Marsyal qaytishi haqida ma'lumotga ega emasman" - deydi Mourinyo.

Oldinroq, Marsyalga "Tottenxem" va "Bavariya" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports