

"Juma kuni tibbiy shtab bilan uchrashdim. Bir gapni uch marotaba qaytardim, hozir ham aytishim mumkin: Agar futbolchi jarohat olgan bo'lsa, natija undan muhim emas. Bu futbolchi murabbiy va hakamdan ham muhimroq. Xatto hakam maydonga chiqishni taqiqlaganida, futbolchiga yordam berish uchun siz maydonga chiqishingiz kerak. Agar murabbiy harakatlaringizdan norozi bo'lsa ham - maydonga chiqib o'z vazifangizni bajaring. Mana shu gaplarni aytdim" - deydi Mourinyo.



