Mourinyo: "Chelsi" mavsumdagi barcha to'rt turnirda g'olib bo'la oladi"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2015, 16:41
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Kievning "Dinamo"siga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan oldin "aristokratlar" o'zi qatnashayotgan barcha turnirlarda chempion bo'la olishi haqida ta'kidladi.

"Chelsi" bu mavsumda barcha to'rt turnirda g'olib bo'lishi yoki hammasini qo'ldan chiqarishi mumkin. O'ylashimcha, hammasida chempion bo'lishimiz haqiqatga yaqin. Endigina oktyabr oyi tugayapti. Biz raqiblarimizga bog'lanib qolganmiz. Agar milliy chempionatda yutishni istasang, Chempionlar ligasida omadsiz ishtirok etib, o'z chempionatingda ham kuchli to'rtlikka kira olmasliging mumkin. Biz faqat bir turnirni nishonga olmaganmiz" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal