Morata "Real"ni tark etishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
25 may 2017, 12:26
"Real" hujumchisi Alvaro Morata yana Italiyaga qaytadi.

24 yoshli futbolchi "Milan"ga o'tishga rozi bo'ldi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik 2014-2016 yillarda "Yuventus" sharafini himoya qilgan.

Rossonerlar Morata uchun 60 mln. evro taklif qiladi. Alvaro yozda "Milan"ni tark etadigan Karlos Bakkaning o'rniga eladi. Italiya klubi rahbariyati ispaniyalik hujumchiga har mavsum 7,5 mln. evro to'lashga tayyor.

"Real" 2014 yilda Moratani "Yuventus"ga 20 mln. evro evaziga sotgan edi, ikki yil o'tib uni 30 mln. evroga qaytarib olishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport