Moraes: "Ukraina safida maydonga tushishimdan oldin hammasini tekshirib ko'rishgan"

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019
"Shaxtyor" hujumchisi Junior Moraes o'zining Ukraina terma jamoasiga bog'liq vaziyati haqida fikr bildirdi.

"O'ylashimcha, hammasi joyida. Ukraina terma jamoasi safida maydonga tushishdan avval federatsiyadagilar hammasini tekshirib chiqishgan" - deydi Moraes.

Oldinroq, Ukraina futbol federatsiyasi braziliyalik Junior Moraesni mahalliylashtirishda qoidalarni buzgani, milliy jamoaga 2ta texnik mag'lubiyat yozilishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

Ukrainaga 2ta texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Сегодня