"Monako"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2023
Monegasklar yangi murabbiyga ega bo'ldi.

"Monako" rasmiy sayti orqali Adi Xyutter bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi. Tomonlar 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.

Avstriyalik mutaxassis Filipp Klemanni almashtirdi. Monegasklar o'tgan mavsum uning qo'l ostida  Liga 1'da 6-o'rinni egallashdi.

Xyutterning so'nggi klubi Myonxengladbaxning "Borussiya"si bo'lib, jamoani o'tgan mavsum oxirida tark etgandi. Bungacha mutaxassis "Ayntraxt", "Zalcburg", "Yang Boyz", "Gredig" va "Altax"ni boshqargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com