"Monako" Falkao sotilishi borasidagi xabarlarni rad etdi

Narzulla Saydullayev
17 avg 2013, 07:01
"Monako" klub hujumchisi Radamel Falkao sotib yuborilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Oldinroq Marca jurnalisti Marko Lopes o'z blogida, klub 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan xayralshmoqchi ekani haqida yozgandi.

"Klub Falkaoni sotilishi haqidagi xabarlarni keskin rad qiladi, – deb xabar bermoqda klub rasmiy tvitteri. – Futbolchi "Monako" bilan 5 yillik shartnoma tuzgan".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru