"Monako" Yevropada mavsum starti oldidan transfer oynasini yopishga chaqirmoqda

Aslanov Jasurbek
16 okt 2017, 12:19
"Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev barcha Yevropa mamlakatlarini Angliya Premer-ligasi kabi transfer oynasini mavsum startidan oldin yopishga chaqirdi.

"Biz hammamiz o'yin haqida qayg'uramiz, shu sababli hamma chempionatlar starti oldidan transfer oynasini yopish kerak. Koutino va "Barselona" atrofida qanday voqealar bo'lganini ko'rdingiz. Bizda ham Mbappe, Lemar, Fabino bilan shunday bo'ldi va bu hikoyalarning sportdagi halol kurashga aloqasi yo'q.

APL qaror qabul qildi, ammo hamma yerda shunday bo'lishi kerak, FIFA bu borada o'z poziciyasini bildirishi lozim. Boshqa mamlakatdagi hamkasblarim bilan muloqot qila turib, ularning qo'llab-quvvatlashini his qildim. Vaziyat nazoratdan chiqib ketgan" - deydi Vasilev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph