"Al Nassr"da moliyaviy muammolar: futbolchilarga maoshlar to'liq to'lanmadi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2026, 21:49
Krishtianu Ronaldu to'p suradigan "Al Nassr" klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoaning bir qator futbolchilari iyun oyi uchun maoshlarini to'liq olishmagan. Klub rahbariyati ushbu vaziyatni qisqa fursat ichida hal qilish va futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilish ustida ishlamoqda.

Moliyaviy muammolar sababli jamoa transfer bozorida ham o'z rejalarini vaqtincha to'xtatdi. Xususan, Marselo Brozovichning ketishidan so'ng bo'shab qolgan o'ringa yangi legioner futbolchini olib kelish jarayoni ortga surildi. Klub rahbariyati moliyaviy vaziyat to'liq oydinlashmaguncha, nomzodlar bilan rasmiy muzokaralarga kirishmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempioni bo'ldi. Yaqinda esa jamoaga Anje Postekoglu yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Arriyadiyah