Modrich yangi shartnoma masalasida ortiqcha talab qo'ymayapti

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2022, 21:54
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich katta ehtimol bilan "Real Madrid" bilan yangi kelishuv tuzadi.

Jurnalist Serxi Valentinga ko'ra, Modrich yangi shartnomada moliyaviy tomonlama ortiqcha talab qo'ymaydi, u maosh masalasi huquqini klubning o'ziga qo'yib berdi.

Manbaga ko'ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres yangi kelishuvga o'zi xohlagan summani kiritadi.

Takidlanishicha, muzokaralar shu darajada oson kechmoqdaki, hatto futbolchining agenti o'rtaga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Libertad Digital